

"Bu "Arsenal"ning o'yini emasdi. Jamoa xarakter ko'rsatishi kerak. Chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyati bo'lganida, qanday qilib uyda "Bornmut"ga yutqazish mumkin? "Arsenal"ning katta muvaffaqiyatsizligi", – dedi Terri.
Kechagi fiaskodan so'ng Mikel Arteta jamoasi Angliya chempionati jadvalida 70 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ular ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"dan 6 ochko oldinda, ammo Pep Gvardiola jamoasida 1 ta o'yin bor.



