APL. "Manchester Yunayted"dan superkambek, Xoylunddan g'alaba goli!

Mirjalol Normatov
27 dek 2023, 03:02
APLning 19-turida "Manchester Yunayted" o'z maydonida superkambek qayd etdi.

Mankunianliklar liga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turgan "Aston Villa"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan bo'lishiga qaramay, yakunda 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Mankunianliklarning g'alaba golini Rasmus Xoylund kiritdi. Bu u uchun APLdagi ilk gol bo'ldi. Buning uchun u 1026 daqiqa sarfladi.

Manchester Yunayted – Aston Villa 3:2

"Old Trafford"

Gollar: 0:1 – 21 Makginn, 0:2 – 26 Dendonker, 1:2 – 59 Garnacho, 2:2 – 71 Garnacho, 3:2 – 82 Xoylund.

Manchester Yunayted – Onana, Uan-Bissaka, Evans, Varan, Diogu Dalot, Eriksen (Gor, 90), Brunu Fernandesh, Maynu (Maktominey, 81), Garnacho (Mejbri, 90), Reshford (Antoni, 80), Xoylund (Kambvala, 89).

Aston Villa – Martines, Konsa, Diego Karlos, Langle, Din (Moreno, 50), Makginn (Duran, 86), Dendonker (Iroegbunam, 86), Beyli (Dzanolo, 77), Duglas Luis, Remzi (Diabi, 77), Uotkins.

Ogohlantirish: Remzi (45), Brunu Fernandesh (73), Diego Karlos (74), Konsa (87).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia