Antuan Grizmann Fransiya termasi safidagi gollar soni bo'yicha Zidandan o'zib ketdi

8 okt 2020, 09:08
Grizmann Fransiya terma jamoasi safida Ukrainaga qarshi o'rtoqlik o'yinida (7:1) o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.

Bu Antuan Grizmann uchun milliy terma jamoa safidagi 32-gol bo'ldi. Natijada hujumchi terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida Zinedin Zidanni ortda qoldirgan holda 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Qayd etish joiz, Zidan hisobida 31 ta gol bor.


Manba: Opta