Angliya terma jamoasining Evro-2024 saralash bosqichiga chaqirilgan futbolchilari ma'lum

Оқил Абдубарноев
16 mar 2023, 23:11
Angliya terma jamoasining Evro-2024 saralash bosqichidagi bo'lajak o'yinlari uchun 25 nafar futbolchi jalb etildi.

Mart oyida Garet Sautgeyt shogirdlari Italiya va Ukraina terma jamoalari bilan uchrashadi. Uchrashuvlar 23 va 26 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Ushbu o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar bilan tanishining:

Darvozabonlar: Jordan Pikford (Everton), Nik Poup (Nyukasl), Aaron Remsdeyl (Arsenal);

Himoyachilar: Ben Chiluell (Chelsi), Erik Dayer (Tottenxem), Mark Gexi (Kristal Pelas), Ris Djeyms (Chelsi), Xarri Maguayr (Manchester Yunayted), Lyuk Shou (Manchester Yunayted), Djon Stounz (Manchester Siti), Kiran Tripper (Nyukasl), Kayl Uoker (Manchester Siti);

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem (Borussiya Dortmund), Konor Gallaxer (Chelsi), Djordan Xenderson (Liverpul), Djeyms Meddison (Lester), Meyson Maunt (Chelsi), Kelvin Fillips (Manchester Siti), Deklan Rays (Vest Xem);

Hujumchilar: Filip Foden (Manchester Siti), Djek Grilish (Manchester Siti), Xarri Keyn (Tottenxem), Markus Reshford (Manchester Yunayted), Bukayo Saka (Arsenal), Ayven Touni (Brentford).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: englandfootball.com