Ange Postekoglu: "MYU futbolchilarining bunday katta o'yinga qanday tayyorlanishini bilmaymiz"

Mirjalol Normatov
20 may 2025, 23:19
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu Yevropa ligasi finali oldidan ushbu mavsumda MYU ustidan qozonilgan 3 g'alaba hech nimani anglatmasligini ma'lum qildi.

Ushbu mavsumda "shporlar" mankunianliklarni ligada 3:0, 1:0 va liga kubogida 4:3 hisobida mag'lub qilishdi. 21 may oqshomida tomonlar Yevropa ligasi finalida to'qnash kelishadi.

"Bu final va bunday paytda bu narsalarni eslash noo'rin. Bunday paytda jamoalarning o'rni, qanday holatda ekanligi ham hech nimani anglatmaydi.

Futbolchilar bu o'yinga qanday reakciya qilishlariga bog'liq. Ular bu o'yinning qanchalar muhimligini yaxshi bilishlari kerak. Raqiblarning bunday katta o'yinga qanday tayyorlanishini bilmaymiz.

Vazifam - futbolchilarni MYUning o'zini yaxshi tomonlarini ko'rsatmasligiga tayyorlash. Agarda shunday bo'lsangiz, maydonga tushib, o'zingizga sovrin sovg'a qila olasiz", - dedi Postekoglu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC