“Andijon” ikkita o'yinini “Sog'lom avlod” stadionida o'tkaza olmaydi

Narzulla Saydullayev
6 avg 2013, 14:51
Birinchi liga ishtirokchisi “Andijon” bir necha yillardan buyon raqiblarini Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida qabul qilib kelmoqda.
Yurtimizda mustaqillik bayrami yaqinlashib kelayotgani sababli hozir ushbu stadionda bayram tayyorgarliklari va ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan “Andijon” ikkinchi bosqichdagi dastlabki ikkita o'yinini katta extimol bilan boshqa stadionda o'tkazadigan bo'lib turibdi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, 12 avgust kuni “Orol” va 15 avgust kuni “Xorazm”ga qarshi o'yinlarni “burgutlar” Sho'rbuloq dahasidagi “Futbol maktab internati”ning sun'iy qoplamali stadionida o'tkazadigan bo'lmoqda.

Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia