Ana xolos. PSJ prezidenti jinoiy huquqbuzarlikda ayblanmoqda

Alisher
20 fev 2020, 17:08
PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi huquqbuzarlikda ayblanmoqda.

Unga Shveytsariya bosh prokuraturasi ayblov qo'ydi. Takidlanishicha, 36 yoshli qatarlik boshqaruvchi FIFAning sobiq bosh kotibi Jerom Valkega pora bergan.

Al Xelayfi shuningdek Qatarning beIN Sports telekompaniyasining rahbari hisoblanadi. U Valkega Jahon chempionati translyatsiya qilish huquqini uning media tuzilmasiga o'tkazilishi uchun pora berganlikda ayblanmoqda.

PSJ prezidenti Valkega Sardiniyadagi villani sovg'a qilgan. Bundan tashqari, FIFAning sobiq amaldorining o'g'li PSJda ishlaydi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/david_conn