Ana xolos! "Real" yana bir himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
2 avg 2021, 15:00
Ferlan Mendi "Real Madrid" ushbu yozda munosib taklif tushsa, xayrlashishga tayyor bo'lgan futbolchilar qatorida tilga olinmoqda, deb xabar bermoqda "Marca".

Jamoaga David Alabaning kelishi Mendining holatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Karlo Anchelottining qaytishi oqibatida himoyaning chap qanotiga Marselo qaytarilishi mumkin. Alaba esa yo chap qanot himoyasida asosiy tarkib a'zosi, yoki markaziy himoyaning chaprog'ida harakat qilishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, Mendi "Real Madrid"ga "Lion"dan 2019 yil 48 million evro evaziga ko'chib o'tgan va 2025 yil yoziga qadar shartnomasi mavjud.

Biroq hozirgi vaziyatda 50 million evro atrofidagi summa berishga tayyor nechta klub topilishi mumkin, degan savol yuzaga keladi. Albatta, agar "los-blankos" futbolchining ulgurji narxda sotishga rozi bo'lmasa.

26 yoshli futbolchi o'tgan mavsum oxirida olgan jarohatidan yaqinda tuzaldi va mashg'ulotlarni boshlab yubordi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru