Alisson Osiyo turnesi davomida "Liverpul"ni tark etdi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2025
Braziliyalik darvozabon Alisson Osiyo turnesi doirasida "Liverpul" ixtiyoridan ketdi.

Sababi – shaxsiy sharoitlar. Klub Alissonga Yaponiyaning "Yokogama" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinidan avval Tokioni tark etish uchun ruxsat berdi. O'yin 30 iyul, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

Braziliyalik darvozabon "Liverpul" Angliyaga qaytganidan keyin yana Arne Slot jamoasiga qo'shiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun