Alexandro Sabelya: "Messi Argentinaning navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi"

Tolibjon Qosimov
11 noya 2013, 15:22
Argentina bosh murabbiyi Alexandro Sabelya "Barselona" klubi hujumchisi Ekvador va Bosniyaga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishini tasdiqladi.
"Biz gaplashib oldik, uning oyog'ida jarohati bor ekan. Ma'lum muddat davolanadi, terma jamoaning noyabr oyidagi o'yinlarni o'tkazib yuboradi", – deydi Sabelya Marca nashriga.

Eslatib o'tamiz, Messi Ispaniya chempionatining "Betis"ga qarshi o'yinida jarohat olgandi (4:1).

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru