Aleshandre Pato Braziliyaga qaytdi

Futbolchi faoliyatini “San-Paulu”da davom ettiradigan bo'ldi.

29 yoshli futbolchi yaqindagina Xitoyning “Tyanczin Cyuanczyan” klubi bilan shartnomasini bekor qilgandi. U erkin agent sifatida “San-Paulu” bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2022 yil yoziga qadar amalda bo'ladi. Xitoy Superligasining 2018 yilgi mavsumida Pato 23 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: “Сан-Паулу” расмий сайти