Aleksis Sanches mavsum restartidan so'ng 7 ta golli uzatma berdi. Undan oldin faqat Messi bor

20 iyul 2020, 08:50
“Inter” A Ceriya 34-turi doirasida “Roma” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuvda “Inter” safida Aleksis Sanches gollardan biriga hammualliflik qildi. Bu Sanches uchun A Ceriya restartidan so'ng amalga oshirgan 7-golli uzatmasi bo'ldi. Top-5 chempionatlar orasida undan yaxshiroq natijani faqat Leo Messi qayd etdi, xolos.

Sanches joriy mavsum A Ceriyada 18 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Opta