Aleksandr Gleb "Lokomotiv"ning raqibi bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
18 dek 2018, 21:20
BATE jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Gleb faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 37 yoshli futbolchining xizmatlariga BAAning "Al Vahda" jamoasi tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. U 31 dekabr kuni erkin agentga aylanadi.

Futbolchining o'zi ham bu boradagi savolga rad javobini bermagan.

Bu mavsumda Gleb BATE tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Ma'lumot uchun, "Al Vahda" OCHLda "Lokomotiv" bilan bir guruhdan o'rin olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports