Alderveyreld: “Rossiya terma jamoasi Jazoirdan kuchliroq”

Tolibjon Qosimov
24 iyun 2014, 12:14
Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tobi Alderveyreld Rossiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, Fabio Kapello shogirdlari haqida fikr bildirib o'tdi.
“Menimcha ular, bu o'ynagan futbolidan ko'ra, kuchliroq o'yin namoish eta oladi. Rossiya himoyada juda yaxshi o'ynadi, ammo o'yin oxirida Eden Azar jamoamizga g'alaba olib keldi. Rossiya Jazoirdan ko'ra kuchliroq, biz ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, ruslar esa deyarli barcha hujumlarimizni bartaraf etishdi” – deydi Alderveyreld.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com