Alba va Serxi Roberto "Manchester Siti"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin
Aslanov Jasurbek
19 okt 2016, 14:42
"Barselona" futbolchilari Xordi Alba va Serxi Roberto "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvining qaydnomasiga kiritildi.
Alba terma jamoalar o'yinida jarohat olib, Italiyaga qarshi uchrashuvni yakunlay olmagan edi.
"Barselona" - "Manchester Siti" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.