Alan Shirer APLda mavsumning eng yaxshi o'yinchilaridan iborat ramziy jamoa tuzdi

Alisher
14 apr 2020, 17:11
"Nyukasl" va Angliya terma jamoasi sobiq forvardi Alan Shirer APLning to'xtab qolgan turigacha bo'lgan muddat uchun ramziy jamoa tuzdi.

Qayd etish kerakki, ramziy jamoadan "Liverpul"ning bir yo'la 5 futbolchisi joy olgan.


Darvozabon: Din Xenderson (Sheffild Yunayted);

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk (ikkisi ham - Liverpul), Jonni Evans (Lester), Endryu Robertson (Liverpul);

Yarim himoyachilar: Jordan Xenderson (Liverpul), Kevin de Bryuyne (Manchester Siti), Sadio Mane (Liverpul);

Hujumchilar: Per-Emerik Obameyang (Arsenal), Serxio Aguero (Manchester Siti), Jeymi Vardi (Lester).


AlisherMuallif
Manba: Metro