⚡️ “Al Nassr” legionerlar limiti bilan bog'liq muammoni hal qildi (Insayder)

Eldor Akmurzayev
6 yanv 2023, 10:30
Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Al Nassr” kamerunlik hujumchi Vensan Abubakarni qaydnomadan chiqardi va uning o'rniga Krishtianu Ronalduni ro'yxatdan o'tkazdi. Shu tariqa, riyodliklar Saudiya Arabistoni chempionatidagi 8 xorijlik legioner uchun limit talabini bajardi.

Jamoadagi legionerlar:

Darvozabon – David Ospina (Kolumbiya);

Himoyachilar – Alvaro Gonsales (Ispaniya), Gislen Konan (Kot-d'Ivuar);

Yarim himoyachilar – Gonsalo Martines (Argentina), Luis Gustavo va Anderson Taliska (ikkisi Braziliya);

Vinger – Jaloliddin Masharipov (O'zbekiston);

Hujumchi – Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Abubakar 2021 yil yozidan beri “Al Nassr” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U joriy mavsum chempionatda 11 o'yinda 4+1 natija qayd etgan. Rudi Garsiya shogirdlarini bugun milliy birinchilik 12-turi doirasida uyda “Al Tai”ga qarshi bahs kutmoqda. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti