Al Helayfi: "Men Chempionlar Ligasining barcha yarim finalchilariga hurmat bilan qarayman"

Sherzod Nurmatov
24 apr 2026, 14:47
PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi jamoasining Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqanidan faxrlanishini aytdi.

"PSJ Chempionlar Ligasining yarim finaliga chiqqani bilan juda faxrlanaman. Bu dunyodagi eng yaxshi turnir va biz unga ketma-ket uchinchi yil yetib keldik. Bu juda yuqori darajadagi musobaqa.

Barcha jamoalar yaxshi o'ynayapti. "Arsenal", "Bavariya", "Atletiko"... Men barcha yarim finalchilarga katta hurmat bilan qarayman", – dedi Al Helayfi.

PSJ va "Bavariya" o'rtasidagi birinchi o'yin 28 aprel kuni Parijda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Forum