Akinfeev: "Pul tufayli Xitoyga ketmagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2017
SSKA posboni Igor Akinfeev Xitoy chempionatidan har qanday taklifni rad etgan bo'lishini aytdi.

"Yo'q, pul tufayli Xitoyga ketmagan bo'lardim. Bu yerda tanlash imkoniyati ham kerak emas. Yig'inda Xitoyga bordik. To'g'risini aytsam, yoqmadi" - deydi Akinfeev.

Igor Akinfeev SSKA tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2003 yilda asosiy jamoada debyut qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com