Akinfeev SSKA tarkibidagi yubiley o'yinini o'tkazdi

27 okt 2020, 01:29
Bu haqda "armiyachilar" matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xabaringiz bor, biroz avval yakuniga etgan bahsda SSKA "Arsenal" (Tula) ustidan g'alaba qozondi. Ushbu bahsda moskvaliklar darvozasini Igor Akinfeev qo'riqladi. Bu o'yin 34 yoshli futbolchi uchun SSKA libosidagi 650-si edi. U Moskva klubi safida 2004 yilning 31 mayida "Krilya Sovetov"ga (2:0) qarshi uchrashuvda debyut qilgan edi.


Manba: