

“Messi – boshqa planetadan kelgan o'yinchi, u har doim jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lib qoladi. Aynan u “Oltin to'p-2013” sovrinini qo'lga kiritadi deb o'ylayman.
Krishtianu “Real”da yaxshi o'ynayapti, ammo Messi yiliga bittadan gol urgan taqdirda ham eng yaxshi futbolchi bo'lib qolaveradi”, - deya ta'kidladi Aguero.
Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p” sovrinini topshirish marosimi bugun tunda bo'lib o'tadi.



