Agger qishdayoq "Barsa" futbolchisi bo'lishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
29 noya 2013, 12:40
"Barselona" 28 yoshli markaziy himoyachini tarkibida ko'rish umidida, deb yozadi Punto Pelota.

Xerardo Martino futbolchini yaqin orada sotib olish niyatida. "Barselona" daniyalik himoyachiga o'tgan yozdan beri qiziqib kelmoqda va oxir-oqibat uni Ispaniyaga ko'chirib olib kelmoqchi. Kelishuvning moddiy tarafi e'lon qilinmayapti. Bu mavsumda Agger "Liverpul" asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. APL uchrashuvlarida 7 bor maydonga tushdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru