Agent: "Garet Madridda baxtli. Barcha jarohat olishi mumkin"

Aziz Tukhtamuradov
26 noya 2021
"Real" futbolchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining holati haqida gapirdi.

"Beylda jarohat sabab omadi kelmayapti. Biroq, Uels terma jamoasi safida o'ynash shart edi. Qatardagi JCHga borish muhim. Barcha jarohat olishi mumkin. 

Beylga oilasi bilan Madridda yashash yoqadi. U bu yerda baxtli. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz", - dedi agent. 

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchining "Real" bilan shartnomasi shu mavsum so'nggida yakuniga etadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: cuatro.com