Aduris: "Del Boske kaminani eslasa, bu men uchun maqtovdir"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016, 13:45
"Atletik" hujumchisi Aric Adurisning so'zlariga ko'ra, u Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boskening so'zlaridan g'ururlanadi.

Oldinroq ispanlar ustozi o'z jamoasida Aduris kabi ko'plab futbolchilar bo'lishini orzu qilishi haqida aytgan.

"Del Boske men haqimda eslasa, buni maqtov sifatida qabul qilaman. Men uni inson va mutaxassis sifatida hurmat qilaman" - deydi Aduris.

Ispaniya chempionatining turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca