Abror Pirrievni tug'ilgan kuni bilan qutlaymiz!

9 yanv 2014, 18:17
Bugun Lokomotiv professional futbol klubi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi shifokori Abror Pirriev o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Ayni paytda Taylandda sport shifokorlari uchun tashkil etilgan o'quv kursida tahsil olayotgan Abrorjon bu oqshom 32-bahorini qarshilaydi.
Abror Pirriev o'z ishining ustasi hamda ajoyib do'st sifatida O'zbekiston milliy terma jamoasi va Lokomotiv klubi a'zolari orasida katta hurmat qozongan. Biz bugungi tavallud ayyomi bilan Abrorjonni yana bir bora samimiy muborakbod etgan holda unga uzoq umr, sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Lokomotiv PFK mamuriyati


Manba: lokomotiv.uz