Aaron Remzi "Yuventus"da nechinchi raqam ostida o'ynaydi?

Alisher
15 iyul 2019, 18:10
"Yuventus"ning yangi a'zosi Aaron Remzi "Yuve"da 8-raqam ostida harakat qiladi.

Uelslik futbolchi klubdagi bo'sh turgan 8-raqamni oldi. Bu ancha oldin ma'lum bo'lib ulgurgan bo'lsa ham rasman e'lon qilinmagan edi.

Bundan oldin 8-raqamda Klaudio Markizio, Amauri, Mauro Kamoranesi, Antonio Konte va Dide Desham kabi yulduzlar to'p surgan.

Futbolchi faoliyatini "Kardiff Siti"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008 yilda Remzini Londonning "Arsenal" klubi o'z tarkibiga qo'shib olgan. Londonliklar uni turli yillarda "Nottingem Forest" va "Kardiff Siti" klublariga ijaraga bergan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/goal