A Seriya Mxitaryan va Onanani "Inter" futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
1 iyul 2022, 19:29
Genrix Mxitaryan va Andre Onana yangi mavsumda “Inter” safida to'p tepadi.

“Roma” yarim himoyachisining va “Ayaks” darvozabonining transferlari A Seriya tomonidan rasman qayd etilgan.

"Neradzurrilar" esa transferlar haqida hali rasman e'lon qilishmagan.

Xabar qilinishicha, 33 yoshli armanistonlik futbolchi Milan shahrida joylashgan klub bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan va yiliga 3,5 million evro maosh oladi. 26 yoshli kamerunlik futbolchiga kelsak, u bilan yiliga 3 million evro maosh evaziga 5 yillik shartnoma tuzilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: legaseriea.it