32 yoshli Kerroll "Nyukasl"ni tark etdi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2021
Angliyalik forvard Endi Kerroll o'ziga yangi jamoa izlaydi.

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Endi Kerroll "Nyukasl" bilan shartnomasini uzaytirmadi va erkin agentga aylandi.

"Nyukasl" ustozi Stiv Bryusning takidlashicha, klub va forvad o'zaro kelishgan holda kelishuv muddatini uzaytirishni istamagan.

"Endi Kerroll jamoani tark etishni va boshqa jamoada o'ynash vaqti kelganini ma'lum qildi. Unga omad tilayman", – dedi Bryus.

Kerroll "Nyukasl"ga 2019 yilda kelgandi. U "qora-oqlar" safida 37 o'yinda 1 ta gol urdi, xolos.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: nufc.co.uk