So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  358 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

"Zomin" ikki penaltini ura olmagan o'yinda "Nurafshon"ga qay tariqa mag'lub bo'ldi? (To'liq sharh) Yangiliklar

"Zomin" ikki penaltini ura olmagan o'yinda "Nurafshon"ga qay tariqa mag'lub bo'ldi? (To'liq sharh)

Kecha O'zbekiston Pro-ligasining 15-turi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu tur doirasida O'zbekiston Pro-ligasining "B" guruhi etakchisi "Nurafshon" "Zomin" maydoniga safar uyushtirdi.

Uchrashuv oldidan "Nurafshon"da bir necha yo'qotishlar bor edi. Jamoaning chap qanot himoyachisi Abdug'ani Kamolov jarohati, markaziy himoyachi Abdurasul Komilov esa boshqa jamoaga o'tishi sababli qaydnomaga kiritilmadi. Klub etakchisi Elbek Ravshanov ham ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazsa-da, "Zomin"ga qarshi o'yinda harakat qildi.

O'yin o'rtacha tempda boshlandi. Ikki tomon ham maydonga ko'nika olmadi. Stadionning holati unchalik yaxshi bo'lmagani uchun jamoalarning o'yini qovushmadi, xavfli vaziyatlar ham kamroq bo'ldi. Total ustunlik avvaliga mezbonlar tarafiga o'tdi. Biroq keyinchalik "Nurafshon" o'z ustunligini ko'rsata boshladi. Ilk bo'limda "Nurafshon" etakchisi Murod Rajabovda ikki marta hisobni ochish uchun qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Ilk zarbani darvozabon qaytargan bo'lsa, ikkinchi zarbaga kuch etishmadi.

Ikkinchi bo'limda esa voqealar ko'proq bo'ldi. 58-daqiqada Muhammadodil Qahramonovning qo'polligi evaziga penalti belgilandi. "Zomin" etakchisi SHohjahon Abbosovning zarbasi ustunga tegib qaytdi. 73-daqiqada esa endi Farruh SHotursunovning qo'pol xatti-harakati "Nurafshon" darvozasiga belgilangan ikkinchi penaltiga sababchi bo'ldi. Bundan jamoa sardori Azamat Abdullaev unumli foydalana olmadi. Darvozabon Ravshanbek Yagudin bu safar o'zini ko'rsatdi va 11 metrlik zarba gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.

83-daqiqada zominliklar urilmagan ikki penaltining jazosini olishdi. Bu pallada markazdan oshirilgan to'pni Murodjon To'ychiboev qabul qilib oldi va zarba berishga chog'lanib turgan bir vaqtda Oripxo'ja Abduholiqov o'zidan-da qulayroq vaziyatda turganini ko'rdi. Uning to'p oshirishidan keyin Oripxo'ja darvozani ishg'ol etdi va stadionga tashrif buyurgan 3 mingga yaqin muxlisni xafa qildi. Bu gol uning uchun chempionatdagi o'ninchisi bo'ldi.

Goldan keyin "Zomin" raqib darvozasi oldida bosim uyushtirdi. Biroq ularga gol urish nasib qilmadi. Turda liganing 2-pog'onasini egallab turgan "SHerdor" safarda "G'ijduvon"ga mag'lub bo'ldi. SHu sababli "Nurafshon" va "SHerdor" orasidagi farq 4 ochkoga ko'paydi. "Zomin" esa 20 ochko bilan liganing 5-o'rnini egallab turibdi.


15-tur / 17 iyun (yakshanba)
“V” guruhi
“ZOMIN” – “NURAFSHON” 0:1
Zomin shahri. “Markaziy” stadion. 2801 tomoshabin.
Hakamlar: 
SHavkat Nasibullaev, Doniyor Saylavov, Rishot Nig'monov.
Nazoratchi: Timur Abdullaev.
Komissar: Mamur Saidqosimov.
Gol: Orifxo'ja Abduxoliqov, 84 (0:1).
Amalga oshirilmagan penalti: SHoxjahon Abbosov, 58 (“Zomin”). Azamat Abdullaev, 73 (“Zomin”).
"Zomin": Javohir Komilov, Azamat Abdullaev, Eldor Karimov, SHerzod Jalilov, Tursunmurod Hamdamov, G'ayrat Umirov (Durbek Kamolov, 65), Behruz Do'stmurodov, Xazratjon Tursunqulov (Elbek Jumanov, 70), Dostonbek Toshmatov, SHoxjahon Abbosov (Lutfullo Fayzullaev, 79), SHaxzod Abduraimov.
"Nurafshon": Ravshanbek Yagudin, Nurjas Qambarov, Muhammadodil Qahramonov, Murod Rajabov, Ruslan Veklich, Dilshod Fayziev, Ruslan Vagapov, Orifjon Hakimjonov, Murodjon To'ychiboev, Orifjo'xa Abduholiqov, Farruh SHotursunov (Elbek Ravshanov, 88).
Ogohlantirishlar: Dostonbek Toshmatov (88) - Nurjas Qambarov (76).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика