So’nggi yangiliklar

15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  0 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  34 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  0 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  2 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  7 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  38 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Zoir To'raqulov: “Andijonga etakchilarsiz kelganimizning sababi bor" Yangiliklar

Zoir To'raqulov: “Andijonga etakchilarsiz kelganimizning sababi bor"

O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan “UzDongJu” – “SHo'rtan”(1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Zoir To'raqulovni suhbatga chorladik.

- O'yindan oldin bilgandim raqib g'alaba qozonish uchun jiddiy hozirlik ko'rganini. Bu kabi Kubok uchrashuvlarida birinchi liga klublari bor kuchi bilan xarakat qiladi. Bahs yomon bo'lmadi. Har ikki jamoa ham hujumkor o'yin ko'rsatdi. Faqat futbolchilarim sodir etilgan vaziyatlarni gol bilan yakunlay olmadi. Lekin o'zingiz ko'rdingiz yigitlar gol urish uchun 90 daqiqa xarakat qildi.

- “UzDongJu” yaxshi jamoa ekan. Menda yaxshi taassurot qoldirdi. Yuqorida aytib o'tganimdek, bugun jamoamizga qiyin bo'lishini kutgandim. Ilgari Qarshining “Dinamo-01” jamoasini boshqarganimda, Kubok o'yinida “Lokomotiv”ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, musobaqadan chiqarib yuborgandik. Bugun ham shunga o'xshash xolat yuz berdi.

- Hakamlar guruhiga hech qanday etirozim yo'q. Har ikki jamoa ham g'alaba uchun xarakat qildi. Biroq maydon egalari omadli bo'lib chiqdi.

- Andijonga etakchilarsiz kelganimizning o'ziga yarasha sababi bor. Igor Taran bilan Eldor Tojiboevda kichik jaroxat mavjud. Asror Aliqulov va Botir Qoraevni esa bunday suniy maydonda o'ynashiga yo'l qo'ymaydigan muammolari bor. Lekin ular yo'q bo'lsada, bugun deyarli asosiy tarkib azolari xarakat qildi. Yoshlar jamoasidan biri zaxira uchun birgina darvozabon Akmal Rahimovni olgandik xolos.



- Bugungi o'yinga yordamchilarimsiz kelganimning ham o'ziga yarasha sabablari bor. Bilsangiz kerak, bizda bu yil asosan yoshlar ishlamoqda. Botir Qodirqulov o'qishda. Uning imtihonlari bor edi. Komil Jo'raevning esa otasi betob. Darvozabonlar murabbiyi Erkin Mirzaev ham ayrim sabablarga ko'ra bugungi uchrashuvga kelmadi. Men ham istardim yonimda tajribali mutaxassislarning bo'lishini. Ammo buni rahbariyat hal qilmoqda. Bu borada men SHamil Iseev nomzodini rahbariyatga bergandim. Tajribali mutaxassis. Agarda bizga yordam berganida yaxshigina foydasi tegardi. Aslida murabbiylar shtabini bosh murabbiy hal qiladi. Bizda esa...

- Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng yigitlar ruhiy tushkunlikka tushishi mumkin. Ammo men “SHo'rtan” futbolchilarida buni ko'rmayapman. Agarda chempionatdagi ikkita mag'lubiyatdan keyin haqiqatdan ham futbolchilar ruhiy o'raga tushib qolganida u xolda bugun bunday kombinacion o'yin namoyish etmasdi. O'zingiz ko'rdingiz, shogirdlarim o'yinni yaxshi tashkil qilmoqda. Etarlicha vaziyatlarni yaratdik ham. Lekin yakuniy zarbaga kelganida aniqlik etishmayapti. Kelgusida bu kamchiliklar ustida ishlaymiz.  

- CHempionatning keyingi turi aprel oyida bo'ladi. Endi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik rejasiga ham kichik o'zgartirish kiritiladi.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика