So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Zohir Pirimov: “Himoyada yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga yutqazdik” Yangiliklar

Zohir Pirimov: “Himoyada yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga yutqazdik”

O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Surxon” (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar yarim himoyachisi Zohir Pirimovning fikrlariga quloq tutdik.

O'yin haqida

- O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Biz himoyada yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga yutqazdik. Birinchi bo'limda bizga agressivlik etishmadi. “Bunyodkor”ga o'xshagan jamoalarga qarshi bahslarda birinchi bo'lib gol ura olmasang, keyin qiyin bo'ladi. SHu jihat bizning mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. Tanaffusdan keyin o'z darajamizda o'ynay boshladik. Afsuski, ikkinchi marotaba to'p olib chiqishimiz bizga qimmatga tushdi. 

- “Surxon”ning ikkinchi golini urishiga nima etishmadi?

- O'ylashimcha, vaqt etishmasligi tufayli biz o'yinda ikkinchi golimizni ura olmadik. Balki ko'proq vaqtimiz bo'lganida “Bunyodkor” darvozasini ikkinchi marotaba ishg'ol qilgan bo'lardik. 

- Endilikdagi jamoaning maqsadlari qanday?

- Kubokdan chiqib ketganimizdan keyin bor etiborimizni Superliganing qolgan bahslariga qaratamiz. Superligada qolish uchun kurashmoqdamiz. Navbatdagi raqiblarimiz ham oddiy emas. 200 foiz kuch bilan harakat qilmasak bo'lmaydi. Qolgan o'yinlarimizda ijobiy natijalar ko'rsatgan holda jamoamizni Superligada olib qolmoqchimiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика