So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Zlatko Dalich: "Muhim g'alabani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Zlatko Dalich: "Muhim g'alabani qo'lga kiritdik"

OCHL "B" guruhi 3-tur uchrashuvi "Paxtakor" - "Al Ayn" o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Zlatko Dalich ishtirok etdi.
"Muhimi g'alaba qozondik va buning uchun butun jamoamni tabriklayman. SHu navbatda "Paxtakor" jamoasiga ham halol o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo'limda bir qator vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Biroq ikkinchi taymda o'z imkoniyatimizni foydalanib gol urdik va g'alabaga zamin yaratdik. Uchrashuvning so'nggi 20 daqiqasida tashabbus to'liqligicha raqibga o'tdi. Bu g'alabadan so'ng keyingi bosqich uchun kichik qadam tashladik. Lekin bugungi o'yin natijasini unutgan holda keyingi bellashuvlarga jiddiy tayyorgarliklar ko'rishimiz kerak", - deya gap boshladi Zlatko Dalich.

- Jamoa etakchisi Miroslav Stox jamoadoshlarini qiyin ahvolda qoldirib ketdi. U o'zini shunchalik yulduz deb hisoblaydimi? Unga etirozlaringiz yo'qmi?
- Bazida futbolchi hissiyotlarga berilib ketadi va o'zini maydonda yo'qotib qo'yadi. Bu borada ishlar olib boriladi. Stox unaqangi futbolchi emas. Bu vaziyatni o'rganib chiqamiz. Lekin futbolda bunaqangi holatlar ham uchrab turadi.

- "Paxtakor" bilan o'yinda jamoa etakchilari Umar Abdulrahmon va Asamoa Gyan kabi futbolchilarni olib kelinmadi. Milliy chempionatdagi vazifani bajarib bo'lganidan so'ng jamoa OCHLda ham to'liq kuch bilan harakat qiladimi? Hozircha jamoa asl kuchini namoyish etayotgani yo'qdek...
- Gyan va Umar Abdulrahmon shubhasiz jamoamizning etakchi futbolchilari hisoblanishadi. Biz har ikkala turnirda ham jiddiy etibor qaratganmiz va OCHLda ham kamida o'tgan yilgi natijani takrorlashni istaymiz. Bugungi bahs oldidan Gyan va Umar Abdulrahmonga biroz dam berishga qaror qilgandik. Keyingi o'yinlarda ular safga qaytishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика