So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  54 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

Zlatko Dalich: "Ertaga bizni durang ham qoniqtiradi" Yangiliklar

Zlatko Dalich: "Ertaga bizni durang ham qoniqtiradi"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Zlatko Dalich qatnashdi.

Unga yarim himoyachi Miroslav Stox hamrohlik qildi. 

"Avvalombor kechikkanim uchun uzr. Ertaga yaxshi o'yin ko'rsatishga va ijobiy natija qayd etish  Toshkentga keldik. Durang ham bizni qoniqtiradi, ammo biz g'alaba uchun maydonga tushamiz. "Paxtakor" guruhda birinchi o'rinda ketmoqda va kuchli klubga qarshi o'ynaymiz. Guruhda hali hech nima hal bo'lgani yo'q. Guruhda bir yoki ikkinchi o'rinni olib keyingi bosqichga chiqmoqchimiz. Bizda o'yin grafigi juda ham tig'iz. Ammo OCHLda bu bahona bo'la olmaydi. Jamoam yaxshi o'yin ko'rsatishiga umid qilaman va ularga ishonaman", - deydi Zlatko Dalich. 


"Murabbiy aytganidek bu erga faqat g'alaba uchun keldik. Ertaga yaxshi o'yin namoyish etib g'alaba qozonamiz", - deydi Miroslav Stox.


- Jamoa oldiga OCHLda qanday maqsad qo'yilgan?

- O'tgan yil biz musobaqada yarim finalga qadar etib borgandik. Bu jamoa uchun ajoyib natija bo'lgandi. Bu safar ham imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz. Bilaman bu oson bo'lmaydi, lekin kamida yarim finalga qadar etib bormoqchimiz.


- "Paxtakor"ni o'rganib chiqdingizmi?

- Albatta biz raqibni o'rganib chiqdik. "Paxtakor" Superkubokda 0:4 hisobida yutqazib qo'yganini bilaman va oliy ligani durang bilan boshlashganidan xabarim bor. Raqib safida 10-raqamli futbolchining o'yini menda katta taassurot qoldirishdi.


- "Al Ayn" OCHLda ko'p bor ishtirok etgan. Jamoaga g'arbiy Osiyo klublariga qarshi o'ynash qiyinmi yoki SHarqiy Osiyo klublariga qarshimi?

- Bu OCHL. Musobaqada kichik yoki kuchsiz klub yo'q. OCHL Osiyoning eng kuchli musobaqasi hisoblanadi. O'zbek futbolini hurmat qilaman, Aziz Haydarov BAAda yaxshi o'ynamoqda. Server Jeparov kabi kuchli futbolchi bor. U Saudiya Arabistonida "Al SHabab" safida o'ynagan.


- Toshkentdan turib BAAdagi muxlislarga aytadigan tilaklaringiz?

Miroslav Stox: - Ular bizani qo'llab turishsin, biz g'alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.


- "Al Ayn" OCHL doirasida safarda 33ta o'yin o'tkazib 6ta g'alabaga erishgan. Bundan yomon natijaning sababi nima?

- Biz guruh bosqichida 9 ochko to'plamoqchimiz. Safardami yoki uydami buning farqi yo'q. 9 ochko guruhdan chiqish uchun etarli bo'lsa kerak.


Narzulla Saydullaev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика