So’nggi yangiliklar

Zlatanning gollari Piolini hayron qoldirmadi Yangiliklar

Zlatanning gollari Piolini hayron qoldirmadi

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Krotone"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan Zlatan Ibragimovich haqida gapirdi.

"Ibraning mashg'ulotlarini kuzatganim tufayli uning gollaridan hayratlanmayman. CHunki u chempion. Zlatanning hozirgi holatini saqlab qolish juda qiyin. Sababi shundaki, u yaxshi formada bo'lganida deyarli har doim ikkitadan gol uradi", —  dedi italiyalik mutaxassis "Football Italia" nashriga.

Eslatib o'tamiz, 39 yoshli shveciyalik hujumchi A Seriyaning joriy mavsumida 11 uchrashuv o'tkazib, 14 ta golga mualliflik qilishni uddaladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика