So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Zlatanlashish" sanati yoxud Ibragimovichning antiqa javoblari Yangiliklar

"Zlatanlashish" sanati yoxud Ibragimovichning antiqa javoblari

Telbalarcha dono yoki donolarcha telba Zlatan Ibragimovich tvitterdagi o'z sahifasida muxlislar bilan o'zaro muloqot uyushtirdi. So'zga chechanlik va hozirjavoblikda istalgan futbolchiga master-klass o'tib bera oladigan PSJ hujumchisi bu safar ham muxlislar savoliga bergan javoblari originalligi, betakrorligi bilan ajralib turdi.
Malumki, Tvitter bir xabarda faqatgina 140ta belgi yozish imkonini beradi xolos. Zlatanga esa bu juda kamdek tuyuldi va u ishni Tvitter mamuriyatiga murojaat qilish bilan boshladi.

Zlatan Ibragimovich:
“Salom, Tvitter. Zlatanga ertaga 140tadan ko'ra ko'proq belgi kerak bo'ladi. Sendan shaxsan Zlatan uchun maxsus istisno qilishingni va menga ko'proq belgi taqdim etishingni so'rayman”.

So'ngra u tvitterdagi o'quvchilariga murojaat qildi.



Zlatan Ibragimovich: “Tavakkal qilishni o'rganing. Aynan mana shu xislat mo'jizalarga sababchi bo'ladi. Savollar yo'llang.  Tavakkal qilshdan qo'rqmang”.

Uning chorlovini hamma eshitdi. SHveciyalik futbolchining muxlislari uni savollarga ko'mib tashlashdi. U esa hammasiga o'z uslubida javob berdi.

“Zlatanlashishga tayyorlaning. Hammasi ertaga sodir bo'ladi”.

“Tez orada sizning tavakkaldan yiroq, xavfdan holi o'yiningiz nihoyasiga etadi. Ertaga Zlatandek zlatanlashishni o'rganib olasiz”.



Quyida uning bazi savollarga javoblarini keltirib o'tamiz.

Jac Edgley: “Zlatan, agar men Zlatan bo'lib qolsam nima bo'ladi?”

Zlatan Ibragimovich: “Qadrli Edgley, Zlatanga aylanish oson. Ishni hech kim takrorlay olmaydigan harakatlarni bajarishdan boshla. Zlatanga aylanmaguningcha harakatingni davom ettiraver”.

Jay Utunuu: “Hurmatli Zlatan, men sening eng “zlatanlashgan” fanatingman. Aytchi, qanday qilib imzoying tushirilgan futbolkaga ega bo'lishim mumkin?

Zlatan Ibragimovich: “Hayotingda Zlatan talimotlarini qo'lla. Balkim biror kun Nike sening isming tushurilgan futbolkalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yar.



Anrew Terford: Qo'lingdan kelmaydigan biror narsa bormi?”

Zlatan Ibragimovich: “Hayotda men qila olmaydigan ikki ish bor. Birinchisi, hammaga o'xshagan bo'lish. Ikkinchisi, “potolok”da oyog'im osmondan bo'lgan holda yurish. Biroq Zlatan bular ustida ish olib boryapti”.

Areeb Han: “Zlatan, menga ham sen qiladigan ishlarni qilishni o'rgat. Hech bo'lmasa qanday qilib amalga oshirishni aytib yubor”.

Zlatan Ibragimovich:
“Salom, Arib. Avvalo “xavfsiz” degan so'zni unut. Agar bu qo'lingdan kelmasa, unda shunchaki eplay olmaysan.




Bluezard (ArmouredGuy):
“Ibragimovich tavakkalchilikka qanday qo'l uradi?”

Zlatan Ibragimovich: “Qadrdonim, ArmouredGuy! Bir dono inson shunday degandi: Raqibni hayratga sola bilish, uni engishning kalitidir. O'sha dono inson Zlatan edi".

Greg Douglas: “Bir kuni Zlatan bo'lishga harakat qildim. Havodagi to'pni darvozaga yo'lladim. Biroq u to'singa tegdi. Hafa bo'ldim".

Zlatan Ibragimovich: “Salom Duglas. Muvaffaqiyatsizlik – muvaffaqiyat tomon tashalgan birinchi qadam. Ikkinchi qadam esa boshdan shox o'stirishdir”.

Tom Webster:
“Zlatan o'zi odammi? Yoki uni Xudodek qabul qilish kerakmi?”

Zlatan Ibragimovich: “Tom Uebster, Zlatan – oddiy inchion. Huddi eng katta oq akula ham baliq hisoblanganidek”.


Abror Qodirov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика