So’nggi yangiliklar

15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  0 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  5 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  4 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3

Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot-anjumani Yangiliklar

Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot-anjumani

Teglar :  Zinedin Zidan
"Barselona"ga qarshi LaLiganing 17-tur uchrashuvidan oldin "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

"El-Klassiko" haqida

O'yindan oldin yaxshi kayfiyatdamiz. Jamoa ajoyib uchrashuv o'tkazishga tayyor. Kuchli raqibga qarshi o'z o'yinimizni ko'rsatmoqchimiz.

Bu mavsumning qiyin o'yini bo'ladi, chunki "El-Klassiko"lar har doim og'ir o'tgan, ammo bizga shu yoqadi: Futbolchilar shunday uchrashuvlar uchun yashashadi.


Muxlislar muhimligi haqida

"Sevilya"ga qarshi bahsda bo'lganidek, muxlislarimiz bizning qo'shimcha kuchimiz ekanligini bilamiz. Ulardan biz bilan bo'lishni so'rashning ayni vaqti. Muxlislar bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlashini xohlaymiz. Biz 10 yoki 15 daqiqa ichida g'alabaga erishmaymiz, biroq vaqt va sabr tufayli g'alaba qozonishimiz mumkin - ularning qo'llab-quvvatlashi juda muhim.


"Barselona"ning jonli yo'lakchasi haqida

Bu mavzu meni qiziqtirmaydi. Men va futbolchilar "Barselona"ga qarshi bahsga bor etiborimizni qaratganmiz.


Ispaniya Superkubogi haqida

Biz o'tib ketgan bahslar haqida o'ylayotganimiz yo'q, hozir vaziyat boshqacha. Bizda hammasi joyida va jamoam qanday o'yin o'tkazishi meni qiziqtirmoqda. Bizni kuchli raqib kutib turibdi. Ular birinchi o'rinda va bu juda oson ish emas. Oradagi farqni qisqartirmoqchimiz, yaxshi o'ynasak, ularga muammo tug'dira olamiz. Qanday o'ynashimizni ayta olmayman, ammo bunday jamoaga qarshi bahsda g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.


Krishtianu Ronaldu haqida

Hammasi joyida, u 100% tayyor. Bugun u biz bilan shug'ullandi. "Real"dagi xizmatlari uchun Ronaldu klubning hurmatiga loyiq. Hammasi tanaffusdan so'ng muhokama qilinadi, hozir eng muhimi "El-Klassiko".


O'zi o'ynagan "El-Klassiko"lar haqida

"CHempionlar ligasidagi bitta o'yin va "Kamp Nou"dagi yarim finalni eslayman. Ajoyib g'alabaga erishganmiz.


Garet Beyl haqida

Futbolchilarimga ishonaman. Men futbolchini "El-Klassiko"da o'ynash xohishiga qarab maydonga tushirmayman. Ular jarohat olgan bo'lishi mumkin, ammo uchrashuvdan oldin eng asosiysi - ular 100% tayyorligi.


Mateo Kovachich haqida

Ertaga hamma futbolchilar qaydnomada bo'ladi, bu bir tomondan yaxshi, bir tomonda yomon. Kimni tribunada qoldirishni bilmayman. Tanlov katta va uni amalga oshiraman.


2017 yil haqida

O'tgan yili menga shunday savol bergan edingiz, men o'zimga baho berishni istamayman. Umuman olganda yil yaxshi o'tdi - LaLigada biroz qiyin bo'lmoqda, ammo u ertaga yakunlanmaydi va biz hali etakchiga etib olishimiz mumkin.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика