So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Zidan vs Beyl. Qanday qilib ularning munosabatlari buzildi? Yangiliklar

Zidan vs Beyl. Qanday qilib ularning munosabatlari buzildi?

Ushbu maqolamiz orqali ularning orasiga nega va qanday qilib sovuqchilik tushgani haqida so'z yuritamiz. O'ylaymizki, bu sizlar uchun qiziq bo'ladi.

Dastlab, Garet Beyl uchun yoz qanday o'tgani bilan sizni tanishtiramiz:

- “Real” o'yinchini top-klublarga taklif qildi, ammo hech kim unga buncha maosh bera olmaydi (yiliga deyarli 17 mln evro).

- Agent Jonatan Barnet klubni transfer harakatlarining sustligida aybladi.

- Beylga Xitoydan 25 million evrolik taklif tushdi, ammo u bunga rad javobini berdi.

- “El Mundo Deportivo”ning yozishicha, Beylni Neymarga almashtirishlari mumkin.

- Beyl boshqa futbolchilar singari tatildan qaytdi, biroq o'rtoqlik uchrashuvlarida o'ynamayapti.

19 may kuni “Real Madrid” mavsumni yakunladi. O'sha paytgacha Beyl sog'-salomat bo'lishiga qaramay, deyarli bir oy o'ynamadi. Uchrashuvdan keyin uelslik muxlislarga minnatdorchilik bildirmadi va darhol echinish xonasiga yo'l oldi, u erda jamoadoshlariga shunday dedi (jurnalist Fernando Burgos malumoti): “SHartnoma yakuniga hali 3 yil vaqt bor. Agar ular mening ketishimni istashsa, har mavsum uchun 17 million evro to'lashlari kerak. Aks holda men qolaman va golf o'ynashimga to'g'ri kelib qolsa, o'ynayman.“

8 iyul kuni Beyl jamoadoshlari singari tatildan qaytdi va hattoki xorijiy yig'inga jo'nab ketdi, ammo hozir Zidan bilan uning kelajagida bog'liqlik yo'qligi aniq ko'rinib turibdi. Futbolchi “Bavariya” bilan o'yinda hatto qaydnomaga ham kiritilmadi.

“Beyl klub safidan chetda, chunki, klub uni sotishga harakat qilmoqda”, - dedi Zidan Xyustonda ochiqchasiga. - U ertagayoq ketsa, yaxshi bo'lardi. SHunday vaqtlar keladiki, biz ayro ketishimizga to'g'ri keladi. Turli yo'llar tomon borish hammamiz uchun yaxshi bo'ladi. Ketish murabbiy va futbolchining shaxsan o'zining qarori. Bu vaziyatdan uning xabari bor”.

“Real”ning sobiq prezidenti Ramon Kalderonning so'zlariga ko'ra, Zidan Beylga yangi mavsumda jamoada qolmasligini vada qilgan.

O'zaro munosabatlarning ikkita muhim tomoni: klassiko va Kievdagi CHL finali

Ikki yarim yil oldin barchasi aksincha edi. O'sha payt Zidan “Real”ga keldi va intervyusida Beylni “muhim o'yinchi” deb atadi. Bir yildan ko'proq vaqt davomida Garet tarkibda yayradi, u paytda ortiqcha savollarga o'rin yo'q edi. Sababi, “Real Madrid” hujum chizig'ida mashhur BBC uchligi (Beyl, Benzema, Krishtianu) harakatlanardi.

1. 2017 yil bahorida “Barsa”ga qarshi o'yin. “Real” klassikoga tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Bu paytda esa Beyl jarohatini davolashda davom etayotgandi. O'yindan oldin uelslik futbolchi Zidanga “Barsa”ga qarshi o'ynashga to'liq tayyor ekanligini aytdi, murabbiy bunga ishondi hamda Beylni o'yinga tushirishga qaror qildi. Ammo, 39-daqiqada Garet murabbiylardan uni almashtirishlarini so'radi. “Real” 2:3 hisobida yutqazdi. “U menga o'ynashga tayyorligini aytdi”, - dedi murabbiy uchrashuvdan keyin.

AS nashrining xabariga ko'ra, o'shanda klub shifokorlari Beylga shoshilmaslikni maslahat berishgan. Balki, tibbiyot xodimlari qatiy talab qo'yishmagandir yoki bu OAVning uydirmasidir, bunisi bizga qorong'u. Lekin, dastlabki talqinlarga ko'ra, aynan shu voqeadan keyin aloqalar darz ketgan.

Beyl mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi, biroq “Yuventus”ga qarshi o'tgan CHL finalida maydonga qaytdi. Garet jarohatidan tiklanib bo'lganligiga qaramay, Zidan uni faqat o'yinning oxirgi 13 daqiqasida o'ynatdi. Bu paytga kelib murabbiy 4-4-2 sxemasiga o'tish jarayonini boshlagandi. BBC yo'q qilinib, Beyl avtomatik ravishda tarkibdagi o'rnini yo'qotgandi.

SHu bilan birga, uelslikka umuman imkoniyat berilmadi desak noto'g'ri bo'ladi - masalan, u La Ligada o'ynadi (2017/18 mavsumning 26 ta o'yinida 16 ta gol) - ammo muhim o'yinlarda u soyada qoldi.

2017/18 mavsum Evropa chempionlar ligasi1/8 finalning “PSJ” ga qarshi ikkala o'yinida ham zaxirada qoldirildi, chorak final va yarim finallarda umumiy 86 daqiqa o'ynadi. Uchrashuvlardan so'ng, Beyl darhol echinish xonasiga yugurdi, jamoadan va muxlislardan tobora uzoqlashib bordi (2019 yil bahorida muxlislar unga qarshi hushtakbozlik qilishdi). Marseloning so'zlariga ko'ra, Garet Madridda 5 yil yashaganiga qaramasdan ispan tilini o'rganmagan.

2. CHempionlar Ligasi finali - 2017/18. Kievda hammasi to'liq yomonlashdi. Bu vaqtga kelib, Beyl ishonchsizlik tufayli xafa bo'lib, yana zaxirada o'tirdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida “Real” va “Liverpul” jamoalarining har biri bittadan to'p kiritishdi, Beyl 61-daqiqada maydonga tushdi va 63-daqiqada gol urdi, 83-daqiqada ikkinchi golini kiritib, dubl qayd etdi va chempionlikka erishdi. Ispaniyada Beyl o'yindan keyin g'alabadan xursand emasligi, Zidandan g'azablanayotganligi haqida yozishdi. U Zidanga qarata shunday degan ekan: “Yoki meni tarkibga kiritasiz yoki men ketaman”.

Bayonotdan ko'p o'tmay, Zidan yozda (Ronaldu bilan birga) jamoani tark etdi. Muammoninig echimi topilganday tuyuldi.

Ammo, bahorda Zidanni ortga qaytarishdi va Madrid gazetalari darhol Beyl uchun hammasi tugadi deb yozishdi. Murabbiy hamma narsani puxta bajardi: u darhol o'yinchini “berkitib tashlamadi”. (Hatto, Beyl francuz boshchiligidagi birinchi o'yinda gol ham urdi), bir yarim oy kutdi.

Ushbu hikoyadagi yakun aniq. Zidan endilikda transferlarni to'liq nazorat qiladi (bu uning qaytishidagi shartlardan biri edi) va u allaqachon yakuniy qarorni qabul qilgan.

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика