So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

"Zidan sharmanda!" Beyl endi "Real"ga kerak emas Yangiliklar

"Zidan sharmanda!" Beyl endi "Real"ga kerak emas

Ispan grandi "janob 100 mln"dan qanday qutilishni bilmayapti.

Garet Beyl va "Real" o'rtasidagi sovuq urush cho'zilib ketdi: Zidan uelslik klubga kerak emasligi haqida ochiqchasiga gapirmoqda. "Beyl tezroq jamoani tark etishiga umid qilyapmiz, bu hamma uchun yaxshi bo'ladi. Uning transferi ustida ishlayapmiz. Garetga qarshi shaxsiy adovatim yo'q, ammo almashtirish kerak bo'lgan vaqt keldi. Men qaror qabul qilishim, biz o'zgarishimiz lozim" - deydi "Real" bosh murabbiyi Monrealdagi matbuot anjumanida.


Beylning agenti Jonatan Barrett tezda bu so'zlarga o'z munosabatini bildirdi: "SHarmanda Zidan, "Real" uchun ko'p ishlar qilgan insonga shunday deydimi?"


Bu qachon boshlandi

Zidan bahorda ketma-ket ikki marta Beylni qaydnomaga kiritmadi, so'nggi turda esa uni 90 daqiqa zaxirada ushlab o'tirdi. Bu vaziyat futbolchiga yoqmadi: O'yin yakunlanganidan so'ng, barcha futbolchilar muxlislarga minnatdorchilik bildirish uchun tribuna tomonga ketishdi, faqat Beyl hech narsa demay kiyinish xonasiga kirib ketdi.

Matbuot anjumanida Zidandan nega Beyl maydonga tushmagani haqida so'rashdi: "CHunki bugun boshqa futbolchilardan foydalanmoqchi edim. Agar o'yinchi jamoaga mos kelmasa, ish beradigan variantlarni izlashimga to'g'ri keladi".


Garet OAV bilan muloqot qilmadi, ammo Radioestadio nashrida uning intervyusi paydo bo'ldi: "SHartnoma bo'yicha yana uch yil bor. Agar ular ketishimni istashsa, har mavsum uchun 17 mln. evrodan to'lashsin. Pul to'lashmasa, shu erda qolaman".


Zidanning rejalari boshqacha. Unda xarid qilinishi va sotib yuborilishi kerak bo'lgan futbolchilar ro'yxati bor. Ketishi kerak bo'lganlar orasida Beyl nomi mavjud.


"G'oyamiz kelasi mavsumgacha hujum chizig'ini kuchaytirish. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Bizga kimlar kerakligini aniq bilaman. Ammo transferlar faqat menga bog'liq emas. Men murabbiyman, klubda prezident va boshqa muhim insonlar ham bor. Biroq biz hammasini birgalikda bajaramiz" - degandi Zidan yozning boshida.


Franciyalik mutaxassis o'shandayoq Beyldan qutilib, uning o'rniga futbolchi topmoqchi edi, biroq na agent va na Beyl muzokara o'tkazishni istamadi. "Real" ustozi uelslikni Monrealdagi yig'ingacha sotib yuborishni reja qilgandi, ammo munosib takliflar yo'qligi va Beylning o'zi hech narsa qilishni istamaganligi vaziyatni og'irlashtirdi. Ko'p jarohat oladigan 30 yoshli futbolchiga kim ham katta maosh taklif qilardi.


Hozir vaziyat qanday?

Birinchidan, Beylning narxi o'tgan yilga nisbatan 30 mln. evroga pasaydi - hozir uning narxi 60 mln. evro. Ikkinchidan, Beyl va uning agenti yangi variant izlash bilan band emas - Barrett uning mijozini tekinga qo'yib yuborishlarini so'radi.


"Real" Beylni Pogbaning 170 mln. evrolik kelishuviga qo'shib yubormoqchi.



Beylda qanday takliflar bor?

"Tottenxem". Ingliz klubi Beylni qaytishi uchun 60 mln. evro taklif qildi. Maosh borasida muammo bor: "Tottenxem" Garet olayotgan maoshning yarmini to'lashga qodir. Qolganini "Real" to'lab berishi taklif qilindi. Agent hozircha bu malumotni yolg'on deb aytdi.


"Manchester Yunayted". Metro nashri bergan malumotga ko'ra, "Real" rahbariyati Pogba uchun 80 mln. evro va Isko hamda Beyllardan birini tanlab olishni taklif qildi. Ammo Manchester klubi bu transferga qiziqish bildirmayapti va Polni jamoada saqlab qolmoqchi. Biroq Pogbaning agenti Mino Rayola yarim himoyachi uchun jamoa izlayotganini bir necha marotaba takidlagandi.


Xitoy. Nomi oshkor qilinmayotgan jamoa Beylga oyiga 1,3 mln. evro to'lashga tayyor. Xitoy klubi futbolchini tekinga olmoqchi edi, ammo Madrid klubi bu kelishuvga rozi bo'lmadi.


"Inter". Italiya klubi Beylni "Real"dan ijaraga olmoqchi ekanligi va bu borada muzokaralar bo'lgani haqida mish-mishlar yurgandi, ammo hozircha aniq malumot yo'q.


Serial davom etadi.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика