Zidan: “Ronaldu hech qachon uyaltirmaydi”
17 dek 2017 02:27
Yangiliklar
Zidan: “Ronaldu hech qachon uyaltirmaydi”
“Real” bosh murabbiyi zinedin Zidan klublar o'rtasidagi JCH finalidan keyin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz ajoyib o'yinni o'tkazdik. Bahsda jiddiy va tartibli harakat qildik. Uchrashuv boshidan tashabbusni qo'lga olishga erishdik va haqli g'alabaga erishdik. Hammamiz baxtlimiz. Futbolchilarim amalga oshiradigan ishni bajarish oson ish emas.
Bu bizning ushbu yildagi beshinchi sovrinimiz. Bu yilda amalga oshirgan ishlarimiz shunchaki fenomenal, ammo La liga biz uchun asosiy turnir bo'lib qolaveradi. Biz shu ruhda ishlashda va rohatlanishda davom etamiz.
Ronaldu? U hech qachon uyaltirib qo'ymaydi va hal qiluvchi pallalarda barchasini hal qiladi”, deya Zidaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar