Zidan: "Real" guruhdagi vaziyatga etibor qaratmaydi"
05 dek 2017 21:45
Yangiliklar
Zidan: "Real" guruhdagi vaziyatga etibor qaratmaydi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Evropa CHempionlar ligasi 6-tur doirasidagi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Beyl ertaga o'ynamaydi. Garet qachon tayyor bo'lsa, o'shanda maydonga qaytadi. O'tgan mavsumda Ronaldu ajoyib o'yin ko'rsatgan edi. Odamlar uni joriy mavsumda u qadar yaxshi o'ynamayotganini takidlashmoqda, lekin oldinda hali olti oy bor - o'shanda ko'ramiz! Ertangi bahs qiyin va murosasiz o'tishini kutyapmiz. Biz keyingi bosqichga chiqqanimizga etibor qaratmayapmiz. Raqib kuchli.
Ispaniya chempionatida o'zimiz xohlayotgan o'rinda emasmiz. Ammo havotir olayotganim yo'q. Vaqt o'tishi bilan hammasi o'zgaradi. Hozirgidek ishlashda davom etishimiz kerak. Biz bu mavsum ko'p gol uryapmiz. Ammo barqarorlik yo'q. Bu jabhada ham muvozanatga erishmoqchimiz" - deydi Zidan.
Fikrlar