Zidan Peres bilan muammolar tufayli "Real"ni tark etgan
05 iyu 2018 10:19
Yangiliklar
Zidan Peres bilan muammolar tufayli "Real"ni tark etgan
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubni "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres bilan kelishmovchiliklar tufayli tark etgan.
Malumotlarga ko'ra, 45 yoshli franciyalik mutaxassis Peresdan tarkibni kuchaytirish uchun "CHelsi"dan Eden Azarni sotib olishni so'ragan, biroq "Real" rahbari Zidanga rad javobini beradi.
Bundan tashqari, Peres Zidanga "Manchester Yunayted"dan David De Xeani sotib olmoqchi ekanligini malum qiladi, ammo franciyalik jamoaning asosiy darvozaboni Keylor Navasdan mamnun edi.
Zidan 2016 yilning 4 yanvarida "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. "Qirollik klubi" franciyalik mutaxassis bilan 9ta sovrin yutishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar