Zidan: "Liverpul"ning hujumchilari juda ham effektiv"
05 apr 2021 17:55
Yangiliklar
Zidan: "Liverpul"ning hujumchilari juda ham effektiv"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ECHLning 1/4 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
"Bu o'yin biz uchun finalga teng. Oldinda 180 daqiqalik o'yin bor. Ammo birinchi navbatda biz ertangi o'yin haqida o'ylayapmiz. Keyingisining vaqti keladi.
Klopp - juda katta tajribaga ega ajoyib murabbiy. Uning murabbiylik faoliyati doimo ko'zga tashlanib turadi.
"Liverpul"da jarohatlanganlarning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Ammo bizda ham yo'qotishlar etarlicha. Biroq "Real" baribir kuchli jamoa bo'lib qoladi. Doimo barchada yo'qotishlar bo'lib turadi.
"Liverpul" - yuqori maqsadlarga ega jamoa. Hujumdagi trio juda effektiv, jamoa birdam. Ular jamoaviy o'yinni yuqori o'ringa qo'yishadi", - dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar