Jinoyatchi janoblar
15 mar 2014 20:34
Yangiliklar

Jinoyatchi janoblar
Jahon futboli faqatgina maftunkor va jozibali uchrashuvlar, ehtirosli muxlislar, mahoratli ijrochilar-u, daho murabbiylardangina iborat emas. Unda turfa xil vaoqelar, turli insonlar bor. SHu qatorda, qalloblar, firibgarlar ham. Quyida sizga mashxur klublarning jinoyatchi xo'jayinlari haqida so'zlab beramiz.
10. Uli Xeness, Bavariya
O'tgan yilning aprelida “Bavariya” xo'jayini sud oldida barchasini ochiq tan oldi. Soliqlarni to'lashdan qochgani, davlatdan daromadni berkitgani… barcha, barchasini. O'shanda u 5 million evro evaziga qamoq jaszosidan qutulib qolgandi. SHvecariya bankida maxfiy hisob raqamiga ega bo'lgan Uilli Xyoness etti marotaba davlatga moliyaviy xujjatlardagi malumotlarni noto'g'ri qilib taqdim etgan. SHuningdek, 5,5 million pulni jamoa xarajatlari sifatida ko'rsatib, aslida esa uni o'zlashtirib olgan.
“Ha, men soliqlarni to'lashdan qochdim. Tushunib turibman, buni tan olishim hech narsani o'zgartirmaydi. SHunchaki, agar qog'ozlarni rasmiylashtirib olsam, tekshiruv-tintuvdan qutilib qolamanmi deb o'ylagandim”, - dedi Xyonnes bir necha kun ilgari bo'lib o'tgan sud jarayonida.
“Bavariya” prezidenti barcha berkitilgan summani o'tgan sanalar bilan to'lab berishga tayyor ekani va berkitilgan pullardan 5 million evro miqdordagi qismini ijtimoiy yordamga sarflaganini alohida takidladi. Biroq sud uning bu xizmatlari evaziga jazo muddatini biroz qisqartirib berdi xolos. Xyonnes jinoyati uchun qonunda belgilab qo'yilganidek 5 yil emas, 3,5 yil panjara ortida o'tirib chiqadigan bo'ldi.
9. Karson Yung, Birmingem
2011 yilning iyulida “Birmingem” xo'jayini o'z vatani Gongkongda pulni noqonuniy yo'l bilan o'zlashtirgani uchun hibsga olinadi. SHu zahoti klub rasmiy sayti rahbar bilan yuzaga kelgan ushbu hodisaga “Birmengem”ning sira aloqasi yo'q ekanini malum qildi.
Katta miqdordagi pul evaziga qamoqdan chiqib olgach ham u klubni boshqarishda davom etdi. SHuningdek har ehtimolga qarshi 18 yoshli o'g'li Rayanni rahbarlar kengashi azosi qilish orqali sug'urtalanib oldi. Darvoqe, bu ingliz futboli tarixidagi o'ziga xos rekord. Undan avval bu yoshda hali hech kim biror klubga rahbarlik qilmagan.
Bir necha kun oldin esa Gongkong sudining so'nggi hukmiga ko'ra, 2001-2007 yillar davomida uchumiy hisobda 55 million funtni noqonuniy tarzda o'zlashtirib olgani uchun Karson Yung olti yilga ozodlikdan maxrum etildi.
8. Taksin CHinavat, Manchester Siti
Tayland sobiq bosh vaziri 2007 yilda Angliyaning “Manchester Siti” klubini sotib olib, qisqa vaqt ichida muhlislar ko'nglini zabt eta olgandi. Avvaliga u jamoaga tajribali Svena-Yoran Erikssonni, keyin yuqori saviyali futbolchilarni taklif etdi. Bu orada CHinavat to'p tepishni biladigan bir necha vatandoshlarini (Tirasilpa Daengda, Suri Suxu va Kyatprovuta Seyvo) ham klubga boshlab keldi. Ularning hech narsani qoyil qilmasligi juda tez orada malum bo'lib ham qoldi. Bir yil o'tgach esa Taksin klubni arab boylariga sotib, parda ortiga o'tib oldi va klubning “faxriy prezidenti” sifatida etirof etila boshlandi.
Biroq bu maqomdan ham tez orada ayrildi. CHunki u bosh vazirlik vazifasini bajarish davomida poraxo'rlik ishlarini amalga oshirgani uchun Tayland oliy sudi tomonidan ikki yilga qamoqqa jo'natildi.
7. Massimo CHellino, Kalyari
CHellino – tajribali qalloblardan. U birinchi marta 1996 yilda opasi Lyuchina bilan birgalikda Italiya qishloq xo'jaligi vazirligiga tegishli etti yarim million evroni o'zlashtirib olgani uchun sudlangan. Keyingi sudlanishi esa 2011 yilda bo'lgan. Bunisida endi “Kalyari” hisobotlarini qalbakilashtirganligi sabab edi. Uni hibsga olish uchun berilgan orderda unga quyidagicha tarif berilgandi: “Jinoyatga moyilligi yaqqol sezilib turadi. Maqsadiga erishish uchun hech narsadan qaytmaydigan shaxs”.
Uning so'nggi “tomosha”si 2013 yil fevralida bo'lib o'tdi. Bunisida endi CHellino “Is Arenas” stadioniga ajratilgan pulning katta bir qismini o'g'irlashda ayblandi.
Hozirgi vaqtda u “Kalyari”ni sotishni o'ylayapti. CHunki o'zi va qizi Eleonora uchun boshqa o'yinchoq topdi – Angliyaning “Lids” klubi...
6. Silvio Berluskoni, Milan
Oh, bu don Silvio, don Silvio... Necha marotaba sudlanmadi, deysiz uni. Nimalarda ayblanmadi deysiz u. Moliyaviy firibgarliklar, qalloblik, poraxo'rlik, ayollar nomusiga tegish, mafiya bilan aloqadorligi, soliqlardan qochish... Bu ro'yxatni uzoq davom ettirish mumkin.
Biroq shuncha ayblovlar bilan ham, juda shubhali tarzda, u biror marta ham realroq muddatga panjara ortiga yo'l olmay keldi. Ammo unga qo'yilgan so'nggi ayblov o'z kuchida qoldi. Moliyaviy firibgarlik uchun 76 yoshli Berluskoniga to'rt yillik qamoq jazochi belgilandi. Bu yoqda yosh ham 80ga qarab ketyapti...
5. Serdjo Kranotti, Lacio
Bir vaqtlar “CHirio” kocerni gullub yashnagan vaqtlarda, kompaniya bilan birga “Lacio” futbol klubi va har ikkisiga rahbar bo'lgan Serdjo Kranottining oshig'i olchi edi. Biroq 2002 yilga kelib “CHirio” tomon inqirozning ilk shamollari esib qoldi. Hech qancha o'tmay, kompaniya parchalanish bilan birga o'zining atrofidagi odamlarni ham “yutib ketdi”. Kompaniya rahbarlarining qing'ir ishlari, o'g'rilik va qallobliklar kompaniyaning bankrot bo'lishiga, Kranottining qamalishiga sabab bo'ldi.
2004 yilda u qamoqqa olindi. Biroq o'sha yilning avgustidayoq qaytib chiqdi. CHirioning ishi yaqin vaqtgacha davom etib keldi va nihoyat 2011 yilda Serdjo to'qqiz yilga ozodlikdan maxrum qilindi.
4. Xose Mariya del Nido, Sevilya
Malumotiga ko'ra advokat bo'lgan del Nido “Sevilya” bilan ancha ishlar qilishga ulgurgan. Katta miqdorda olingan qarzlarni old-orqasiga qaramay ishlatgan prezident ko'pgina sovrinlar yutishga ulgurgan. SHu jumladan xalqaro musobaqalarda ham. Biroq ispan futbolidagi eng obro'li insonlardan biri bo'lgan ushbu uddaburonning barcha qing'ir ishlari fosh etildi.
Sud uni poraxo'rlikda hamda Marbelya kurort shaxri g'aznasidan pul o'g'irlanishida ishtirok etganlikda aybladi. Avvaliga u etti yarim yilga qamalgandi. Keyinroq apellyaciya berilib, uning qamoq muddati etti yil belgilandi va uni to'liq o'tash majburiy talab qilib qo'yildi. SHu tariqa Sevilya” xo'jayini uzoq muddatga panjara ortiga ravona bo'ldi.
3. Jidji Bekali, Styaua
O'zini eng kamida Ruminiya qirolidek tutadigan oligar Jidji Bekali, mafiya boshliqlaridek hatti-harakatlarni amlaga oshirishi bilan malum va mashxur. U hech qachon hech kim bilan himoblashmagan, birdan jaxl otiga minagan, qaxrsiz va toshyurak insondir. U odamlarni o'g'irlab ketar, ko'ziga ko'ringan odamni haqoratlar, bo'ralatib so'kib beraverardi. Hatto Ruminiyaning mashxur siyosatchilarini ham. Biroq osmon qo'limda, deb himoblaydiganlar toifasidan bo'lgan bu janobga ham panjara ortidan joy topildi.
O'tgan yilning yozida oligarx davlat erlarini noqonuniy tarzda o'zlashtirgani uchun uch yilga ozodlikdan maxrum etildi. Biroq hatto qamoqxonadan turib ham u “Styaua” ishlarini boshqarishni eplayapti. Aynan qamoqxonadagi kaberasidan turib u “Tottenxem” vakillari bilan jamoa futbolchisi Vlad Kirikesh borasida savdolashgani ko'pchilikka malum.
Londonliklar unga 6.9 taklif qilganida u: “Meni Jidji Bekali deyishadi. Ularchi? Ular kim bo'libti? “Tottenxem”? Men ushbu transfer amalga oshishiga yo'l qo'ymayman. Taqiqlayman buni”, degandi. Bir oy o'tgach esa “shporlar” futbolchi uchun 8 million berishga rozi bo'lishgan.
2. Vittorio CHekki Gori, Fiorentina
Mashxur kinoprodyuser CHekki Gori 1993 – 2002yillarda italiyaning “Fiorentina” klubiga rahbarlik qilgandi. Uning boshchiligida klubda yaxshi damlar ham (Italiya kubogi, Superkubogi, CHempionlar Ligasidagi ishtirok), yomon paytlar ham (Batistutaning sotilishi) bo'ldi. Ammo hammasi fojeali yakun topdi. Klub bankrotga uchradi. Klub boshqaruvchisi 50 million evro miqdoridagi qarzni berkitdi va 1926 yildan buyon mavjud bo'lgan “Fiorentina” avvalgi ko'rinishda mavjudligi to'xtatildi. Oradan bir muddat o'tib jaoma nomi qaytarilgan.
CHekki Goriga kelsak, u boshiga katta balolar orttirib oldi. U noqonuniy ravishda katta miqdorda pulni o'zlashtishda ayblandi. Rim shahridagi uyidagi seyfdan anchagina geroin topildi. “Fiorentina”ning bankrot bo'lish sabablari borasida tintuvdan so'ng u uch yilga ozodlikan mahrum qilindi. U shuning o'zi bilan qutilib qolmadi. Keyinchalik ham unga tegishli bo'lgan korxonalar va “Fiorentina”ga tegishli moliyaviy xujjatlarni qalbakilashtirish borasida ayblar qo'yilib, sud qilindi. Nihoyat o'tgan yilning oktyabr oyida Vittorio CHekki Gori etti yillik qamoq jazosiga loyiq topildi.
1. Kalisto Tanci, Parma
“Parmalat” kompaniyasini talon-taroj qilish bila Kalisto Tanci butun Italiyani esankiratib qo'ya oldi. “Parma”ni moliyaviy jihatdan vayron qilishi – u tomonidan keltirilgan zararning eng kichik qismlaridan biri edi. 2003 yilda “Parmalat”ning yangi boshlig'i, eski hisobotlarni qayta ko'rib chiqib, o'n yildan ko'proq vaqt davomida kompaniya daromdning katta qismini berkitib kelgan. Tanci 500 million evrodan ko'proq pulni o'zlashtirib “Parmalat”ni bankortlikka olib keldi. O'sha vaqtlarda Parmada tinchlantiruvchi dorilar savdosi rivojlanib ketdi. SHahar aqldan ozayozgandi.
Keksa va betob Tanci hozir qo'rqinchli darajada ozib ketgan bo'lishiga qaramay, hali hamon sud zaliga qatnagani qatnagan. Yangidan yangi moddalar bo'yicha qamoq muxlatlari belgilangani belgilangan...
Abror Qodirov tayyorladi

Fikrlar