JCH-2014dan esda qolarli xotiralar va vaziyatlar
13 iyu 2014 12:51
Yangiliklar


JCH-2014dan esda qolarli xotiralar va vaziyatlar
Suaresning "qilig'i", Klozening va albatta Ravshan Ermatovning yangi rekordi. Biz bugun bo'lib o'tadigan final o'yini oldidan ushbu Jahon chempionatining eng esda qolarli vaziyatlarini sanab o'tishga harakat qildik. Demak, boshladik.
Robin van Persining Ispaniya terma jamoasi darvozasiga kiritgan supergoli
David Vilyaning Avstraliya terma jamoasiga kiritgan chiroyli gol terma jamoasidagi so'nggi goli bo'ldi
Luis Suares Italiyalik futbolchini tishlab oldi va 4 oyga futboldan chetlashtirildi. Bu holat katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi
Kolumbiya terma jamoasi darvozaboni Farid Mondragon 43 yoshida maydonga tushib, JCHda ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi
Kosta-Rika terma jamoasi sensacion tarzda "o'lim guruhi"dan chiqib, chorak finalgacha etib bordi
Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi Xames Rodriges chempionat kashfiyotiga aylandi
Braziliya terma jamoasi futbolchisi Neymar jarohat olib turnirni erta tark etishga majbur bo'ldi
Ravshan Ermatov musobaqa davomida 4 ta o'yinda hakamlik qilib, JCHlardagi o'yinlari sonini 9 taga etkazib oldi va rekord o'rnatdi
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Miroslav Kloze JCHlardagi gollari sonini 16 taga etkazdi va Mundiallar tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanib oldi
Germaniyaliklar kimsan mezbon Braziliya terma jamoasini yarim finalda 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar
Braziliya terma jamoasining sodiq muxlislaridan biri Klovis Fernandesning sharmandali mag'lubiyatdan so'ng olingan ushbu surati ham turnirning esda qolarli holatlaridan biri bo'ldi. Uning ko'zlari 1:7 dan darak berib turibdi.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Fikrlar