So’nggi yangiliklar

11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага чақирилганимдан хурсандман"  0 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  0 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  2 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  9 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  1 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  16 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  4 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  70 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2

JCH-2014. Yunon askarlarining kuchi etmadi yoxud Kolumbiyada g'alaba Yangiliklar

JCH-2014. Yunon askarlarining kuchi etmadi yoxud Kolumbiyada g'alaba

Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatining "S" guruhidan joy olgan Kolumbiya hamda Greciya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda janubliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yinning beshinchi daqiqasidayoq Pablo Armero hisobni ochdi. Gol urib olganlaridan keyin Pakerman shogirdlari hotirjam harakat qila boshlashdi. Greciya terma jamoasi futbolchilariga esa hujumlarni samarali yakunlash uchun aniqlik va sovuqqonlik etishmadi.

Birinchi bo'limda maelum vaqt davomida yunonlar ustunlikni o'z qo'llariga olishdi. O'sha vaziyatlarda Kolumbiyaliklar tezkor qarshi hujumlardan foydalanishdi.



Ikkinchi bo'limda esa Greciya futbolchilarining kuchi qolmadi. Pakerman shogirdlari ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishdi, ammo, ularning hammasidan ham unumli foydalana olishmadi.

58 daqiqada Aguilar tomonidan etkazib berilgan to'pni Gutierrez Karnezis qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi.



O'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so'ng yunon futbolchilarining o'yinida "brak"lar ko'payib ketdi, qasidir vaziyatlarda esa omad ularga kulib boqmadi.
Kolumbiyada Falkaoning yo'qligi bilinmadi, har holda ancha bo'sh jamoa bilan o'yin edi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga bosh hakam Mark Geiger qo'shib bergan daqiqalarda o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Xames Rodriges chiroyli zarba bilan hisobni yiriklashtirib qo'ydi. SHu tariqa Kolumbiya dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdi.  



KOLUMBIYA - GRECIYA 3:0

14 iyun. 21:00
Bosh hakam: Mark Geiger (AQSH)
Yordamchi hakamlar: Mark Sin Xurd (AQSH), Joy Fletcher (Kanada)
Zaxira hakami: Alirizo Fag'oni (Eron)

Kolumbiya – Greciya  3:0 (1:0, 2:0)
Gollar
: 1:0 – 5 Armero,  2:0 – 58 Guterres,  3:0 – 90 X. Rodriges.
Kolumbiya – Ospina, Suniga, Sapata, Yepes, Armero (Aryas, 74), Agilyar (Mexiya, 69), K. Sanches, Kuadrado, X. Rodriges, Ibarbo, Guterres (Dj. Martines, 76).
Greciya – Karnezis, Torosidis, Papastatopulos, Manolas, Xolebas, Kacuranis, Manyatis, Kone (Karagunis, 78), Salpingidis (Fetfacidis, 57), Samaras, Gekas (Mitroglu , 64).
Ogohlantirishlar: K. Sanches (26), Papastatopulos (52), Salpingidis (55).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика