So’nggi yangiliklar

16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  1 15:19"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   0 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  19 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  9 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   8 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0

JCH-2014. PREVYU. Belgiya – Jazoir Yangiliklar

JCH-2014. PREVYU. Belgiya – Jazoir

Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatida bugun “H” guruhining 1-tur uchrashuvlari start oladi.
Belu-Orizonti shahrida joylashgan “Mineyran” stadionida Belgiya – Jazoir bahsi bo'lib o'tadi.

Bugun ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'layotgan Belgiya terma jamoasi o'z ishtirokini boshlaydi. Odatda har bir musobaqa oldidan favoritlar aytiladi, shuningdek syurpriz ko'rsatishi mumkin bo'lgan jamoalar nomi tilga olinadi. Mutaxassislar Belgiyani mana shunday jamoa sifatida tilga olishmoqda. CHili, SHveycariya, Nigeriyadan tashqari Belgiyaning o'yinlarini ham intiqlik bilan kutayotganlar talaygina topiladi. Bazilarning fikricha, Belgiya bir harakat qilsa yarim finalgacha borishi mumkin ekan.



Jazoir bilan bo'ladigan uchrashuv arafasida Belgiya termasi ustozini bir qator muammolar qiynamoqda. Bu muammo odatdagidek o'yinchilarning jarohat olishi bilan bog'liq. Avvaliga Benteke jarohat olgandi, keyin Lukaku bilan yosh hujumchi Origi ham jarohat oldi. Ammo Lukaku safga qaytdi va bu eng yaxshi xabarlardan biri bo'lib turibdi. Boshqa chiziqlar bo'yicha Mark Vilmotsda katta tanlov imkoniyati mavjud va ularning asosiy tarkibini aytib berish mushkul kechadi.

Masalan, himoyada Kompani va Alderveyreld aniq to'p suradi, ammo Vertogen, Vermalen, van Byuytendan qaysi birining asosiy tarkibda maydonga tushishini aytish qiyin. Maydon markazida Defur, Vitsel, Dembele, Fellayni kabi nomzodlar bor va ular orasidan eng kuchlisi kim degan savolga javob berish oson emas. Qanotlarning birida jamoa yulduzi Eden Azarning to'p tepishini taxmin qilish qiyin emas. SHunda narigi qanotda yo Mertenson yoki Miralyas harakat qiladi.



Jazoir esa ko'pchilik uchun sirli jumboq bo'lib ko'rinyapti. Jamoa bosh murabbiy Voxid Xalilxodjich nomi ko'pchilikka tanish. Lekin futbolchilar borasida bunday deya olmaymiz. Jazoiir termasining etakchilaridan biri Yebda jarohati tufayli uzoq vaqt o'ynay olmadi. SHunga qaramay, jamoa usiz ham yaxshi o'yin ko'rsata oldi. Mutaxassislar Jazoir termasining ayniqsa yarim himoyasini kuchli deb etirof etishmoqda. SHu paytgacha Medjani – Lasen - Taider uchligi zo'r o'yin ko'rsatib kelayotgandi, ammo keyinchalik yosh futbolchilardan biri Bentaleb paydo bo'ldi va uning ham asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyati katta. Bundan tashqari, terma jamoada to'p tepishni boshlaganiga hali ko'p bo'lmagan markaziy himoyachi Kadamuroni ham alohida tilga olib o'tsak arziydi.

Romelu Lukaku Belgiyaning eng kerakli hujumchilaridan biri hisoblanadi. To'g'ri, jamoada Azar, Kurtua, Kompani kabi yulduzlar bor, ammo Lukakuning o'ynab ketishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Lukaku endi 21ga kirdi, lekin hech kim uni yosh demayapti. CHunki u besh yildan beri katta futbolda javlon urib kelmoqda. U Angliya chempionatining oxirgi ikki mavsumida 32ta gol kirita oldi va buni yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi.



JCH-2014. “H” guruhi. 1-tur
21:00. BELGIYA – JAZOIR
Bosh hakam: Marko Rodriges (Meksika)

Taxminiy tarkiblar

Belgiya: Kurtua - Alderveyreld, van Byuyten, Kompani, Vertongen - Defur, Vitsel, Dembele - Azar, Mertens - Lukaku

Jazoir: Mboli - Mustafo, Bugerra, Kadamuro, G'ulom - Medjani, Bentaleb, Taider - Feguli, Slimani, Sudani

Qiziqarli faktlar
Belgiya terma jamoasi jahon chempionatida oxirgi to'qqizta uchrashuvdan faqat bittasida g'alaba qozongan.
Jazoir termasi esa jahon chempionatidagi oxirgi besh o'yinidan beri gol ura olmayapti.
Jazoir zayavkasidan o'rin olgan 17 nafar futbolchi Franciya hududida tug'ilgan.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика