So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

JCH-2014. Prevyu. Avstraliya - Ispaniya Yangiliklar

JCH-2014. Prevyu. Avstraliya - Ispaniya

Ispaniyaning ham, Avstraliyaning ham guruhdan co'ng uyga qaytishlari malum bo'ldi. Uchinchi turda bu jamoalar o'z shanlari uchun maydonga tushishadi.
Avstraliya va Ispaniya - "B" guruhi omadsizlari, ammo bu holat ikkala jamoa uchun turlicha tasir qildi. Avstraliya ikki marta o'zidan kuchli jamoaga qarshi o'ynadi va ochko qo'lga kirita olmadi. Ispaniya oddiy omadsizlik emas, fantastik davrning tugashi bo'ldi.

Ispaniya safida Xabi Alonsoni o'rnini Koke egallashi kutilmoqda. Bundan tashqari Kasilyasning o'rniga darvozaga Pepe Reyna turadi. Kichik jarohatlari tufayli Xerard Pike va Xavi maydonga tusha olmasligi mumkin.

Tim Kexill ikki o'yinda ikki bor ogohlantirildi va Ispaniyaga qarshi o'ynay olmaydi. Bu futbolchi o'tgan ikkala uchrashuvda ham gol urishga erishganini takidlash lozim.



"B" guruhi
Avstraliya - Ispaniya
23 iyun. 21:00
Bosh hakam:
Navaf SHukralla (Bahrayn)
Yordamchi hakamlar: Yosir Tulefat (Bahrayn), Ibrohim Solih (Bahrayn)
Zaxira hakami: Norbert Xauata (Taiti)

Taxminiy tarkiblar:

Avstraliya
: Rayan - Makgovan, Uilkinson, Spiranovich, Devidson - Yedinak, Makkay - Leki, Breshiano, Oar - Taggart

Ispaniya: Reyna - Xuanfran, Albiol, Ramos, Alba - Buskets, Fabregas, Koke - Mata, Diego Kosta, Inesta

Jarohatlanganlar: Milligan - De Xea, Xavi, Pike

Diskvalifikaciya qilingan: T. Kexill (Avstraliya)



O'yindan oldingi fikrlar

Ange Postekoglu (Avstraliya bosh murabbiyi):


"Ispanlar uchta o'yinda ham mag'lub bo'lishni istashmaydi. Qaysi futbolchilar maydonga tushishsa ham tarkib kuchli bo'ladi. Hamon Ispaniya dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, shu bois oldimizdagi bahsni sabrsizlik bilan kutayapman".

Visente Del Boske (Ispaniya bosh murabbiyi):

"Musobaqani imkon qadar yaxshi tugatmoqchimiz. Bu bahsni tezroq o'ynashni istayman. Hozir, qiyin kechgan tayyorgarliklar va o'yinlardan so'ng o'zimizning kamchiliklarimizni juda yaxshi bilib turibmiz".



Qiziqarli faktlar
Avstraliya va Ispaniya tarixda birinchi bor to'qnash kelishadi.

Evro-2008, JCH-2010 va Evro-2012da Ispaniya jami 6ta gol o'tkazib yuborgandi. JCH-2014ning ikki o'yinida 7ta gol o'tkazildi.

Ispaniyaning braziliyalik hujumchisi Diego Kosta Jahon chempionatida jami 126 daqiqa harakat qildi. Bu vaqt ichida u darvozaga bironta aniq zarba bergani yo'q.


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика