So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

JCH-2014. Portugaliya - Gana. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Portugaliya - Gana. PREVYU

Bugun jahon chempionatining “G” guruhida 3-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Keyingi bosqichga chiqish uchun Portugaliyada ham, Ganada ham imkoniyat bor. Faqat ulardan birining keyingi bosqichga yo'l olishi narigi o'yinga ham bog'liq. Har ikkala jamoa o'rtasidagi bahs “Garrincha” nomli stadionda bo'lib o'tadi. Portugaliya keyingi bosqichga yo'l olishi uchun avvalo Ganani yirik hisobda mag'lub etishi shart, qolaversa, narigi uchrashuvda Germaniya AQSH ustidan zafar quchishi talab etiladi.



Ko'rib turganingizdek, Portugaliyaning taqdiri o'z qo'lida emas. Jamoa ikki o'yinda o'z darvozasidan 6ta to'p o'tkazib yubordi. Bu esa Portugaliya uchun ko'p deganidir. SHunga qaramay, Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari keyingi bosqich haqida qayg'urishmoqda. Buning ustiga Ronalduning sog'lig'ida hamon muammolar bor va uning yuz foizga tayyor bo'lib maydonga tushishi mushkul.

Portugaliya darvozasini bugun Rui Patrisiu o'rniga Betu qo'riqlasa kerak. CHap qanot himoyasida esa Velozu o'ynaydi. Hujumda Eder to'p tepadimi? Bu ham so'roq ostida turibdi. Maydon markazida esa Villiam Karvalyuning harakat qilishi kutilmoqda. Portugaliya muxlislari uchun quvonchli xabar shuki, Pepe maydonga qaytadi va himoya markazida Rikardo Koshta bilan birgalikda o'ynaydi.



JCH-2014. G guruhi. 3-tur
PORTUGALIYA - GANA
Bosh hakam: Navaf SHukrulla (Bahrayn)

Taxminiy tarkiblar

Portugaliya: Betu - Joau Pereyra, Pepe, Rikardu Koshta, Velozu - Villiam, Raul Meyrelesh, Joau Moutino - Nani, Eder, Ronaldu

Gana: Dauda - Afful, Boye, Mensa, Asamoa - Rabiu, Badu - Adoma, A.Ayyu, Atsu - Gyan

Jarohat olganlar: Fabiu Koentrau, Ruy Patrisiu, Ugu Almeyda, Andre Almeyda, Poshtinga - Opare
Diskvalifikaciya: Muntari (Gana)



Kvesi Appia (Gana termasi bosh murabbiyi):
“Ronalduga o'yin bermasdan o'ynashimiz kerak. Biz Portugaliyani to'liq o'rganib chiqdik, birgina Ronalduni emas, balki butun jamoani. Keyingi bosqichga chiqishimiz oson bo'lmaydi, lekin buni uddalay olamiz”.

Paulu Bentu (Portugaliya termasi bosh murabbiyi):
“Avvalo biz ishtiyoqni saqlab qolishimiz lozim. Terma jamoada o'ynar ekansan, bor kuch bilan harakat qilishingga to'g'ri keladi. Garchi turnirni erta tark etsak ham. Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz”.

Qiziqarli fakt
-   Portugaliya jahon chempionatlarida oxirgi to'qqizta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba qozondi (KXDR ustidan 7:0 hisobida)


Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика