So’nggi yangiliklar

08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  2 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  30 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  54 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  230

JCH-2014 oldidan. Argentina murabbiyi: “Braziliya har doim birinchi raqamli bo'lgan” Yangiliklar

JCH-2014 oldidan. Argentina murabbiyi: “Braziliya har doim birinchi raqamli bo'lgan”

Jahon chempionati boshlanishiga borgan sari kam vaqt qolyapti.
Mutaxassislar favoritlar qatoriga Argentinani ham tilga olishyapti. Yaqinda ushbu jamoa bosh murabbiyi Alexandro Sabella matbuotga intervyu berib, Braziliyada bo'lib o'tadigan mundial borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-   1998 yilgi jahon chempionatida siz Daniel Passarellaga yordam bergan edingiz. SHundan beri nima o'zgardi?
-   O'shanda yordamchi edim, hozir esa bosh murabbiyman. Bu esa bosim juda kattaligini bildiradi. Oldin bosh murabbiyga yaqindan yordam bergan bo'lsam, hozir o'zim mustaqil qaror chiqarishga majburman.
 
-   16 yil oldingi mundialdan qanday xotiralar qolgan?
-   O'shanda bizda bir qator muammolar bo'lgandi. Gollandiya Yugoslaviyani penaltilar seriyasida mag'lub etgach, ertasi kuni biz Angliyani penaltilar bo'yicha yutganmiz. Uch kun o'tib esa Gollandiya bilan 30 daraja issiqda o'ynashimizga to'g'ri kelgan, natijada o'z o'yinimizni namoyish eta olmagandik. Agar yana shunda   y issiqda to'p surishimizga to'g'ri kelsa, bu safar boshqacha harakat qilmoqchimiz.

-   Ikki yil oldin intervyu berganingizda Ispaniya va Germaniyani jahonning eng kuchli termalari deb aytgandingiz. Hozir ham shu fikrdamisiz yoki bu ro'yxatga Braziliyani ham qo'shdingizmi?
-   Hozir Braziliya ham Ispaniya va Germaniya darajasiga chiqib oldi. Ular Konfederaciyalar Kubogida juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Umuman olganda, Braziliya har doim birinchi raqamli jamoa bo'lib kelgan. Braziliya - jahonning besh karra chempioni, shuning o'ziyoq ularga berilgan baho.
 
-   Jahon chempionatiga boradigan yakuniy ro'yxatni tuzgandan keyin mundialga bora olmaydigan o'yinchilarga buni qanday tushuntirasiz?

-   Bunday vaziyatda murabbiyga nihoyatda og'ir. Axir Argentinada yaxshi futbolchilar ko'p, biroq jahon birinchiligiga hamma ham bora olmaydi. O'z vaqtida o'zim ham futbol o'ynaganman va musobaqadan chetda qolib ketish nima ekanligini juda yaxshi bilaman. O'ylaymanki, professional futbolchi bunday vaziyatni yaxshi tushunadi.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика