So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

JCH-2014. Musobaqa mezbonlari kutilganidek keyingi bosqichda Yangiliklar

JCH-2014. Musobaqa mezbonlari kutilganidek keyingi bosqichda

Braziliya terma jamoasi so'nggi turda Kamerunni mag'lub etishini deyarli barcha taxmin qilgandi.
Amalda ham shunday bo'ldi. Luis Felipe Skolari shogirdlari ikki nafar asosiy futbolchisi maydonga tusha olmagan Kamerunni 4:1 hisobida taslim qilishdi. EtoO va Song turli sabablarga ko'ra Braziliya bilan o'ynay olishmadi.

17-daqiqad chap qanotdan Luis Gustavo to'pni jarima maydoniga oshirdi, Neymar bir harakat bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.



26-daqiqada chap qanotda Eno faol o'ynab to'pni jarima maydoniga oshirdi, Matip to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi va Kameruning mundialdagi ilk golini urdi - 1:1.

33-daqiqada Marselo chap qanotda to'pni boshi bilan Neymarga oshirdi, hujumchi jarima maydoni yoniga yaqinlashib keldi va kuchli zarba bilan dublini rasmiylashtirdi - 1:2.



Takidlash lozim, Neymar bugun Braziliya terma jamoasi safidagi 34 va 35-golini urdi. Bu borada u Ronaldino (33ta gol) va Rivaldoni (34ta gol) ortda qoldirdi.

50-daqiqada Braziliyaning uzoq tashkil etgan hujumi gol bilan tugadi. David Luiz!!! Jarima maydoni ichida to'pni Fredga oshirib berdi, hujumchi uch metrdan xatoga yo'l qo'ymadi - 1:3. 

Bahs tugashiga 6 daqiqa qolganida Oskardan to'pni qabul qilib olgan Fernandino darvozani ishg'ol qildi - 1:4.



SHunday qilib pentakampeonlar guruhda birinchi o'rin bilan nimchorak finalga chiqishdi. Keyingi bosqichda ularga CHili qarshilik qiladi.

JCH-2014. "A" guruhi, 3-tur.

Kamerun - Braziliya 1:4
24 iyun. 01:00
Bosh hakam:
Yunas Eriksson (SHveciya)
Yordamchi hakamlar: Matias Klasenius (SHveciya), Daniel Varnmark (SHveciya)
Zaxira hakami: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya)
Gol: Neymar, 17 - 0:1. Matip, 26 - 1:1. Neymar, 33 - 1:2.Fred, 49 - 1:3.Fernandino, 84 - 1:4.
Kamerun: 16.Itanje, 3.Nkolou, 7.Nguemo, 8.Mukanjo (Salli, 58), 10.Abubakar (Vebo, 72), 12.Bedimo, 13.CHupo-Moting (Makun, 80), 17.Mbia, 18.Eno, 21.Matip, 22.Nyom.

Braziliya: 12.Julio Sezar, 2.Dani Alvesh, 3.Tiago Silva, 4.David Luiz, 6.Marselo, 7.Xalk (Ramires, 62), 8.Paulino (Fernandino 46), 9.Fred, 10.Neymar (Villian, 71), 11.Oskar, 17.Luiz Gustavo.

Ogohlantrishlar: Eno 12, Salli 75, Mbia 80


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика